
Meddison London klubi bilan kelishuvga erishdi
"Lester"ni tark etishi kutilayotgan Jeyms Meddison APLga qaytishi mumkin. Uni "Tottenxem" o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Klub yarim himoyachi bilan shaxsiy kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
"The Athletic" nashri ma’lum qilishicha, "shporlar" tez orada "Lester"ga 40 million funtlik rasmiy taklif bilan chiqadi. Ammo "tulkilar" 60 million funt istamoqda.
Meddison uchun kurashda "Aston Villa" ham bor. lekin uning o‘zi London klubiga o‘tishni istamoqda.
Fikrlar