Mehdi: "O‘zbekiston oldingi o‘yinda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgan edi"

  • 18.11.2025 03:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Eron terma jamoasining hujumchisi Mehdi Hashemnejad O‘zbekiston milliy terma jamoamizga qarshi final uchrashuvidan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
— "Final uchrashuviga tayyormisiz?" 
— Ha. 
 
Biz bo‘lajak o‘yinga juda yaxshi tayyorlandik. Shu bois, finalda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. 
 
O‘zbekiston bilan oxirgi uchrashuvimizda biz 10-daqiqadan keyin o‘n kishi qoldik. O‘zbekiston oldingi o‘yinda ham yaxshi futbol o‘ynayotganini ko‘rsatdi. Ishonchim komilki, o‘yin qiyin bo‘ladi, lekin biz Eron terma jamoasimiz va ajoyib futbolchilarimiz bor. Nazarimda, yaxshi vaziyatlar yarata olamiz. 
 
Biz Misr finalga chiqadi deb o‘ylagandik, lekin yana O‘zbekiston bilan o‘ynaymiz. Muhimi, bu o‘yinda o‘zimizni qanday ko‘rsatishimiz. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi ham Jahon chempionatida o‘ynaydi, shu sabab bo‘lajak to‘qnashuv qiziqarli bo‘ladi. 
 
Eng muhimi – murabbiy aytgan narsalarni qilaylik, zaif tomonlarimizni tuzatib, natijaga intilaylik. Chempionlikni qo‘lga kiritish biz uchun muhim",
- dedi Traktor klubining futbolchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!