Mehdi Taremi: " O‘zbekistonlik himoyachining qo‘liga to‘p tekkanini hammma ko‘rdi"

  • 11 oktabr, 2024, 17:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, darvozalar ishg‘ol qilinmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Mehmonlar esa bir kishi kam bo‘lib qolishgandi. Uchrashuvdan so‘ng forslar etakchilaridan biri Mehdi Taremi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Juda qiyin o‘yin bo‘ldi va biz buni allaqachon bilardik. O‘zbekistonga qarshi alohida rejalarimiz bor edi, biroq buni maydonda amalga oshira olmadik. Biroq yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik.

Afsuski, birinchi bo‘limda o‘yin biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda Hardanining chetlatilishi bilan o‘yin qiyinlashdi. Lekin bir kishi kam bo‘lib qolganimizda ham o‘yinni nazorat qilib, golli vaziyatlar yarata oldik. Hatto g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi biroq hakam bizning foydamizga penalti bermadi. 

Albatta, o‘z yurtimizda o‘ynaganimizda, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bizga dalda bergan bo‘lardi. Muxlislar bizni doim yaxshi ko‘rishadi. Endi navbatdagi bellashuv haqida o‘ylashimiz kerak. Qatarga qarshi o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsatish uchun bor kuchimizni ishga solamiz va g‘alaba qozonsak, jadvaldagi imkoniyatlarimizni yaxshilab olishimiz mumkin.

Ishonchim komilki, o‘zbekistonlik himoyachining (Rustam Ashurmatov) qo‘li tabiiy emas edi. Biz VARni ko‘rmadik biroq hakam O‘zbekiston himoyachisining qo‘liga tegmagan deb hisobladi. Buni o‘yindan keyin ko‘rdik. Bu bizga nisbatan hurmatsizlik bo‘ldi.  Afsuski, bu sodir bo‘ldi va endi biz keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi "Inter" hujumchisi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
12/10/2024 06:29
Trreeee bileee dalbayob