
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi
Xabaringiz bor, Jamshid Asadov boshchiligidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi bu yil iyul oyida Polshada bo‘lib o‘tadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon Kubogida ishtirok etishadi. Mazkur musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan terma jamoa a’zolariga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Jumladan, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi shu yilning fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etishdi.
Endilikda Jamshid Asadov shogirdlari Tojikistonda tashkil etilayotgan "Kelajak sendan boshlanadi!" xalqaro turniriga taklif etilishdi.
Fikrlar