Meksika jahon chempionatlarida yangicha rekord o‘rnatdi
2026 yildgi jahon chempionati 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan Meksika – Ekvador uchrashuvida meksikaliklar mashhur "Atsteka" stadionida hali hech bir terma jamoaga nasib qilmagan rekord o‘rnatdi.
O‘yning 22-daqiqasida Meksika hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Darvozaga aniq zarbani Xulian Kinyones yo‘lladi. Shu tariqa, Meksika jahon chempionatlarida ketma-ket beshinchi o‘yinda birinchi bo‘lib hisobni ochgan yagona terma jamoaga aylandi. Bu ko‘rsatkich meksikaliklar uchun yangi rekord sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, meksikaliklar guruh bosqichini A guruhida birinchi o‘rinda yakunlagan, Ekvador esa E kvartetida uchinchi po‘gonadan joy olgan edi.
2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. U 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan finalda Fransiyaga qarshi dramatik bellashuvda 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qo‘zongan edi.

Fikrlar