Meksika sardori: "Bu bema’nilik. Men ham Messining libosini erda qoldirdim"

  • 29.11.2022 21:10
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol

Meksika milliy terma jamoasi sardori Anrdes Guardado hamyurti "Kanelo"ning tahdididan so‘ng Lionel Messining tarafini oldi.

Gap shundaki, JCh 2-turidan o‘rin olgan Meksikaga qarshi bellashuvdan keyin argentinaliklar yulduzi Messi kiyim almashtirish xonasida raqib libosini oyog‘i bilan tepib yuborgani va uni bosgani aks etgan video tarqalgandi. Shundan so‘ng boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares "Kanelo" Leoga jiddiy murojaat qilgandi: "Xudoga bizni hayotda uchrashtirmasligini so‘rab iltijo qil".

Guardado bu holatga munosabat bildirdi: "Bu bema’nilik va muhim narsa emas. Men Messining qanday inson ekanligini bilaman. Afsuski, "Kanelo" kiyim almashtirish xonasidagi muhit qanday bo‘lishini tushunmaydi. Uning tahdidi menga ahmoqlikdek tuyulmoqda. Bu so‘zlarning barchasi ziddiyat yaratish va o‘zini ommaga tanitishga bo‘lgan harakat.

O‘yindan so‘ng kiyimlarni bemalol erga tashlab qo‘yaveramiz, ularni yuvish uchun olib ketishadi. Messidagi libos meniki, bellashuvdan so‘ng bir forma almashdik. Men ham uning futbolkasini yuvishlari uchun erda qoldirdim. Biz buni juda muhim jihat deb hisoblamaymiz",-dedi u "TyC Sports" nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
29/11/2022 23:51
Gap yo'q, treshtokingchilarga ajoyib javob