Men Islom Maxachev va Xamzat Chimaevni engib, ikki vaznda chempion bo'laman!

  • 16.02.2026 21:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Nigeriyalik taniqli UFC jangchisi Kamaru Usman 2026 yildgi rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

"Dastlab, Islom Maxachevni magʻlub etib, yarim oʻrta vaznda chempion boʻlaman. Aynan shu gʻalabadan soʻng, oʻrta vazndagi kamar uchun kurashaman. Yil soʻnggida esa Xamzat Chimaevni ham engib, ikki vazn chempioni sifatida faoliyatimni yakunlamoqchiman. Ochigʻi, odamlardan "Voy, buni uddalaganingizga ishonolmayman" degan gaplarni eshitishni istayman", - dedi nigeriyalik.

Eslatib oʻtamiz, ayni kunlarda Maxachevning ehtimoliy raqibi sifatida Ian Garri tilga olinmoqda, biroq Kamaru Usman ham chempionlikka asosiy daʼvogarlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!