Men Muhammad Ali kabi dunyoni larzaga solaman
WBC sobiq chempioni Deontey Uaylder kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Odamlarning fikrlashi juda gʻalati. Sen choʻqqida turib, oʻz ishingni qilayotganingda, ular: “U jang qilishni umuman bilmaydi”, deyishadi. Ketsang, qaytishingni istab: “Bizga eski Uaylder kerak”, deyishadi...
Ulardan soʻramoqchiman: Rostdan ham uning qaytishini xohlaysizmi yoki yangisini istayapsizmi?
Bilaman, barchani doim rozi qilishning iloji yoʻq. Shuning uchun, ayniqsa bokda, hazil hissi va qalin teriga ega boʻlish shart. Yaxshiyamki, menda bularning hammasi bor. Kōrasiz, men Muhammad Ali kabi dunyoni larzaga solaman", — deya Uaylderning soʻzlarini keltirdi "Ready to Fight" portali.
Fikrlar