Men qishda “Manchester Yunayted”dan ketaman!
“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal qishki transfer vaqtida “Old Trafford”ni tark etishga qaror qildi.
2015 yilda “Monako”dan 36 million funtga olingan futbolchi bir necha yildan beri boshlang‘ich tarkibning muqim o‘yinchisiga aylana olmadi.
Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi premer-liga va Chempionlar ligasi doirasida atigi uch marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va bir marta “Everton” darvozasini ham ishg‘ol qildi.
Frantsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Tomonlar o‘zaro kelishuv bo‘yicha hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Biroq, Antoni Marsyal asosiy tarkibga kira olmayotgani va etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun boshqa jamoaga o‘tmoqchi.
- Antoni yanvarda klubdan ketmoqchi. U o‘ynashni istaydi. Tez orada klub bilan gaplashib olamiz, - dedi futbolchining agenti Filipp Lamboli.
Fikrlar