Men “Real”dan ketaman!
“Real”ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin mavsum yakunlanishi bilan “Qirollik klubi”ni tark etishni rejalashtirmoqda.
Iste’dodli posbon o‘z qarorini o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bilan izohlamoqda. Ma’lumki, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti avvalroq Andrey Lunin maydonga tushishga loyiq ekanini ta’kidlagan bo‘lsa-da, amalda darvozani faqatgina Tibo Kurtuaga ishonib topshirmoqda.
Lunin “Real”ga 2018 yilning yozida “Zarya” jamoasidan transfer qilingandi. Transfer madridliklarga 8,5 million evroga tushgan. Darvozabonning shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. “Qirollik klubi” uni bir necha bor “Ovedo”, “Valyadolid” va “Leganes”ga ijaraga bergan edi.
Fikrlar