Men termani boshqarishga tayyor emasman!

  • 07.07.2021 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Niderlandiya futbol federatsiyasi mamlakat bosh jamoasini boshqarish uchun mutaxassis qidirishni davom ettiradi. Terma jamoaga taklif etilgan “Ayaks” ustozi Erik Ten Xag bu mas’uliyatni bo‘yniga olishga tayyor emasligini bildirdi.

- Hozir terma jamoani qabul qilib olishimning imkoni yo‘q. Men “yaks” bilan kelishuvni 2023 yilgacha uzaytirdim. Lekin kim ham terma jamoani qachondir boshqarishi mumkinligini orzu qilmaydi, deysiz?, - dedi Erik Ten Xag.

Ten Xag 2017 yildan beri amsterdamliklarga ustozlik qilib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “Ayaks” ikki martadan mamlakat chempionati va kubogi, bir bora Superkubokni o‘ziniki qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!