
Mendi va Zinchenko "damini olsin"! "Manchester Siti" o‘ziga zo‘r himoyachi topdi
"Manchester Siti" klubi "Portu" himoyachisi Aleks Telles uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Le10Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "shaharliklar" tez-tez jarohat olayotgan Benjamen Mendi o‘rniga yangi himoyachi sotib olishni rejalashtirishmoqda. Bundan tashqari, “Siti” rahbariyati jamoaning chap qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinidan norozi bo‘lmoqda.
APLning amaldagi chempioni Telles uchun 30 million evro to‘lashga tayyor. Bu borada ularga PSJ va "Chelsi" raqobat ko‘rsatishi mumkin.
Telles joriy mavsum “Portu” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar