Menga imkon bering!

  • 13 aprel, 2022, 15:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Kilian Mbappe va Erling Xoland kabi qimmatbaho futbolchilarni olish uchun kurashayotgani bois, bir necha o‘yinchilarini transferga qo‘yishga qaror qilgan.

Tecno

Madridliklar transferdan pul ishlash barobarida maoshlarni ham tejab qolmoqchi bo‘lyapti.

El Nacional  nashrining yozishicha, bosh murabbiy Karlo Anchelotti tomonidan tuzilgan ketadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilgan himoyachi Xesus Valexo klubda qolish istagini bildirgan.

Bosh murabbiy bu o‘yinchining raqobatga dosh berolmayotganini ta’kidlamoqda. Biroq, Valexo o‘z imkoniyatlariga yuqori baho bermoqda va murabbiylar shtabining o‘zi haqidagi fikrini o‘zgartira olishiga ishonyapti.

“Real” bilan yana uch yillik shartnomaga ega futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda uch marta maydonga tushib, jami 14 daqiqa o‘ynadi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!