Menga nisbatan hurmatsizlikni to‘xtating! O‘zbekistonlik bokschi WBAdagi titul jangi uchun gonoraridan voz kechdi
Jahon boksidagi nufuzli WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni unvoniga majburiy da’vogар hisoblangan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziev Jahon boks assotsiatsiyasi va o‘z vazn toifasidagi amaldagi chempion Xayme Mungiyaga ochiq murojaat yo‘lladi.
- Men uchun gonorar muhim emas, kerak bo‘lsa, tekinга ham jang qilishga tayyorman. Lekin iltimos, menga va ushbu sport turi qoidalariga nisbatan hurmatsizlikni to‘xtating!
Xayme Mungiya, men sen unvon uchun jang qilgandingdan ancha oldin majburiy da’vogar sifatida ro‘yxatda edim. Sen chempion bo‘lding — men sen yoki boshqa har qanday chempionni qanday hurmat qilgan bo‘lsam, endi meni xuddi shunday hurmat qil.
WBAni hurmat qil, muxlislarni hurmat qil. Ular haqiqiy raqobat bo‘ladigan, natijasi oldindan aniq bo‘lmagan haqiqiy jangni ko‘rishni xohlashadi, oldindan natijasi ma’lum bo‘lgan uchrashuv emas!, — deb yozgan o‘zbekistonlik bokschi o‘zining instagram sahifasida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Meliqo‘ziev bir yildan ortiq vaqt davomida WBA reytinglarida majburiy da’vogar sifatida o‘z pozitsiyasini saqlab keldi. Shunga qaramay, assotsiatsiya meksikalik Xayme Mungiyaga qoidalarni chetlab o‘tish, Meliqo‘zievni «aylanib o‘tib», chempionlik kamarini qo‘lga kiritish imkonini bergani aytilmoqda. Shu voqeadan so‘ng o‘zbekistonlik bokschi WBAni adolatsizlikda ochiq tanqid qildi.

Fikrlar
Жалолов хам шундай чикмаса, утирвуради