Meni “Barselona” qutqaradi

  • 9 aprel, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” tarkibiga kira olmayotgan gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang mavsum yakunlanishi bilan “Barselona”ga qaytishni rejalashtirmoqda.

Aslida 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida yaxshi o‘ynab yurgandi. U 2022 yilning yanvaridan sentyabrigacha “Barsa” safida 24 ta o‘yinda 13 ta gol urgan. Keyin Tomas Tuxelning gapiga uchib, “Chelsi”ga ko‘chib o‘tdi. Bu transferdan ko‘p o‘tmay, germaniyalik mutaxassis ishdan olindi.

Natijada uning o‘rniga kelgan Grem Potter Obameyangga etarli darajada imkon bermadi. “Aristokratlar”ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard ham yoshi o‘tib qolgan futbolchiga suyanmaydi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Obameyang “Barselona”ga qaytib, sport formasini tiklab olishni ko‘zlayapti. Yaqinda bu hujumchi kataloniyaliklar uchun arzimagan maoshga o‘ynashga tayyorligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!