Merab Dvalishvili Aleksandr Volkanovski bilan jang qilishni nega istamayapti?
Gruziyalik UFC chempioni Merab Dvalishvili yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang g‘oyasiga munosabat bildirdi.
“Hozir o‘zimni o‘ta engil vazn toifasida juda qulay his qilyapman. Avvalo, Aleksandr Volkanovskiga chuqur hurmatim bor — u ajoyib jangchi va ota. Shu sababdan unga hech qachon chaqiriq tashlamagan bo‘lardim. Ikkinchidan, hozir men uchun jiddiy raqib — Pyotr Yan bor. Ishonchim komil, bu bahsdan so‘ng UFC menga munosib raqiblar topadi. Men hozircha o‘z vazn toifamga e’tibor jamlamoqchiman. Faqat UFC so‘rasa yoki mening divizionimda kuchli raqib qolmasa, keyin yarim engil vaznga o‘tishim mumkin. Ammo unga qadar Volkanovski bilan jang qilmoqchi emasman”, — deya gruziyalikning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA" portali.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili 7 dekabr kuni "UFC 323" turnirida Pehyotr Yanga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar