Merab Dvalishvili noyabrda ham jang qilishga tayyor!
Gruziyalik UFC jangchisi joriy yil yana oktagonga qaytishga tayyor ekanini bildirdi
Gruziyalik UFC jangchisi Merab Dvalishvili joriy yil noyabr oyida yana oktagonga qaytishga tayyor ekanini bildirdi.
"O‘tgan yili juda zich jadvalda jang qilganimdan afsuslanmayman. Mag‘lubiyatga qaramay, o‘zimdan mamnunman. Hammasi yaxshi, bu sportning bir qismi. Lekin Pyotr Yanni trilogiyada yenganimdan ikki oy o‘tib, yana rossiyalikka qarshi jang taklif etilsa, bu safar rozi bo‘lmayman. Chunki u bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun menga ko‘proq vaqt kerak. Qolgan raqiblar bilan esa jang qilishga tayyorman. Masalan, noyabrda Nyu-Yorkdagi turnirda Song Yadong bilan to‘qnash kela olaman", — deya Merabning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting" nashri.
Eslatib o‘tamiz, bugun Dvalishvili va Pyotr Yan to‘qnashuvi o‘tkazilishi belgilangan.

Izohlar (0)