Merab Dvalishvili Olimpiada chempionini trilogiyaga chaqirdi

  • 24.08.2026 13:19
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘ta engil vaznda UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili "RAF 12" turnirida o‘tkazilgan Genri Sekhudoga qarshi bahs haqida gapirdi. 

"Albatta, menga chaqiriqlar yoqadi. Sekhudo "vyzov" tashladi, men esa qabul qildim. Ko‘rdingiz, u Olimpiya chempioni unvoniga loyiqiligini isbotladi. Genri meni yengdi. Keling, endi trilogiyani ham kurash gilamida tashkil etib, hisob-kitobni yakuniga yetkazaylik", — dedi Merab.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida Pyotr Yanga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!