Merab Dvalishvili: "Pyotr Yanni engish men uchun ko‘proq muhim, kamar ikkinchi o‘rinda!"

  • 26.08.2026 20:12
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi shaxsiy hisob-kitoblar unga chempionlik kamaridan ham muhimroq ekanini ochiq aytdi.

"Men jangchiman va jang qilishni yaxshi ko‘raman. Allaqachon to‘rt marta kamarni qo‘lga kiritganman, bu men uchun yetarli. Lekin navbatdagi raqibim — Pyotr Yan. Ha, bu chempionlik to‘qnashuvi, lekin asosiy maqsadim uni yengish. Men uchun eng muhimi ham shu. Kamar ikkinchi o‘rinda", — dedi gruziyalik.

Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan va Merab Dvalishvili trilogiyasi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!