Merab Dvalishvili: "Pyotr Yanning yuzini tanib bo‘lmas holga keltiraman"
Gruziyalik MMA ustasi Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi trilogiya oldidan o‘z reja va taktikasini haqida gapirib o‘tdi.
"Revanshda yutqazdim, hozircha hisob 1:1. Endi esa trilogiya oldimizda turibdi. Haqiqiy chempion kim – bu safar aniq bilib olamiz. Bu gal oktagonda asl Merabni ko‘rsataman. Oldingi jangda o‘zimni o‘zgartirishga urindim, juda ko‘p marta boshga zarba yo‘llamoqchi bo‘ldim. Endi esa asosiy e’tiborni tanasiga qarataman, zarbalarni pastdan yuqoriga qarab almashtirib ishlayman.
O‘tgan safar Pyotr birinchi raqamda ishlagan bo‘lsa, bu gal birinchi raqamda men harakat qilaman. Men uning yuzini tanib bo‘lmas holga keltiraman", — dedi gruziyalik "UFC on Paramount" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Yan to‘qnashuvi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar