Merab Dvalishvili: "UFC sizga haqiqiy kamarni bermaydi"

  • 29.09.2026 20:45
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Merab Dvalishvili strimer "N3on" bilan suhbatda liga chempionlik kamarlar bilan bog‘liq kutilmagan qoida haqida gapirib berdi.

"Har safar g‘alaba qozonganingizda, oktagon ichida sizga haqiqiy kamarni taqdim etishadi, biroq keyin uni nusxasiga almashtirishadi, chunki asl kamarniŋ qiymati 325 ming dollar", — dedi gruziyalik.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 333" turnirida Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi trilogiya o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!