Mertens uchun kurashda "Inter"ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 26 aprel, 2020, 12:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi "Napoli" hujumchisi Dris Mertensni o‘z safiga chorlamoqda.

Sport Witness tarqatgan xabarga qaraganda, mersisaydliklar 32 yoshli belgiyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Aytish lozimki, uning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Bundan avvalroq esa “Inter” Mertensga 2 yillik shartnoma va yiliga 6 mln evro maosh va’da qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mertens joriy mavsum “Napoli” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!