Merzlyakov yana "Qo‘qon-1912"da qoladigan bo‘ldi
“Qo‘qon-1912” klubi o‘z etakchilari bilan shartnomalarni uzaytirishda davom etmoqda.
Yangi 2024 yilgi mavsumda ham jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri Aleksaandr Merzlyakov «Qo‘qon-1912» jamoasida qoladi. Kuni kecha ushbu himoyachi bilan yangi bir yillik shartnoma imzolandi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Qo‘qon-1912»ga 2017 yilda kelib, ko‘plab kuchli klublardan taklif bo‘lishiga qaramasdan Qo‘qon jamoasi libosini hech bir klubga alishmagan Aleksandr Merzlayakovga kelasi mavsum omadli o‘tishini va «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan birgalikda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini tilab qolamiz, - deyiladi xabarda.



Fikrlar