Messi, bu senga “Barselona” emas!

  • 20 sentabr, 2021, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya chempionatining oltinchi turida “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiraga olinganidan norozi bo‘lgan Lionel Messi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga qo‘l berishni istamadi.

O‘yindan keyin Pochettino bu vaziyatga quyidagicha izoh berdi.

- Menimcha, PSJ tarkibida zo‘r o‘yinchilar ko‘pligini hamma biladi. Ro‘yxatda 35 nafar futbolchi bor. Biz o‘yin kuni tarkib borasida qaror qabul qilishimiz, uchrashuv vaqtida jamoa va o‘yinchi uchun eng yaxshi variantni tanlashimiz kerak.

Ba’zan qaror ijobiy natija beradi, ayrim holatlarda esa bunday emas. Qaror qabul qilish – murabbiyning vazifasi. Uning qarori kimgadir yoqishi, boshqasiga ma’qul kelmasligi mumkin. Men Messi bilan bu vaziyat borasida gaplashdim, u hech qanday muammo yo‘qligini aytdi, - dedi Pochettino.

Lionel Messi maydonni tark etganidan keyin uning o‘rnida hujumda o‘ynagan Mauro Ikardi g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasining 2:1 hisobidagi muvaffaqiyatini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
20/09/2021 23:10
Мақола сарлавҳаси тўппа тўғри баён этилган.
Месси учун уятли ҳолат бу. Мурабий 100%га ҳақ.
Alisher Shukurov
21/09/2021 17:34
Messi top xujumchi... Icardiga keladigan bolsak u Xujumchi gol urish vazifasi...
Alisher Shukurov
21/09/2021 17:34
Messi top xujumchi... Icardiga keladigan bolsak u Xujumchi gol urish vazifasi...
Baxil Alihuja
21/09/2021 10:50
Узбекистон термасини барсага ухшатишарди! Шу томони факат ухщайди, футболчилар узини месси хисоблайди, хеч кимни менсимайди. Хаммани оёгида курсатиб юраверади.
muzaffar botirov
21/09/2021 19:44
MESSi eng zur futbolch shunga yarash uynashi uchun zahiraga olinmasligi kerak.Messi ronaldodan ham kuchli buni tan olmaslikning iloji yuq.