
Messi, Mbappe va Neymar uchligini tarqatib yuboringlar!
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini PSJning Kilian Mbappe, Lionel Messi va Neymardan iborat hujumkor uchligi talabga javob bera olmayotganini aytdi.
- Agar siz dunyoning eng zo‘r uch hujumchisi bilan yuta olmayotgan ekansiz, bunday vaziyatda nima qilish kerak? Men ularning birga emas, bir biriga qarshi o‘ynashini ko‘rishni istagan bo‘lardim, - dedi Mishel Platini.
Statistikaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Kilian Mbappe 26 ta gol bilan o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, jamoaning eng zo‘r to‘purari bo‘lib turibdi. Lekin u tez orada Parijni tark etadi.
Bu mavsum hisobidan jami ettita to‘p kiritgan Messi va besh bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Neymar jamoaga etarli darajada foyda keltirmayapti.
Fikrlar