Messi, Mbappe yoki Neymar. Eng "yomoni" kim?

  • 3 may, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” himoyachisi Eder Militao qaysi hujumkor futbolchilarga qarshi o‘ynash qiyin ekani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Oxirgi yillarda bir necha yuqori saviyali futbolchilarga qarshi o‘ynadim. Bular Lionel Messi, Neymar, Kilian Mbappe, Robert Levandovski hamda Sadio Mane kabi o‘yinchilar.

Ular orasidan eng zo‘ri qaysi ekanini tanlash qiyin. Lekin menimcha, eng qiyini Mbappega qarshi o‘ynash. Uning qanday harakat qilishini oldindan bilib bo‘lmaydi, - dedi Eder Militao.

Militao joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 25 ta uchrashuv o‘tkazdi. 25 yoshli futbolchi himoyachi bo‘lishiga qaramay, beshta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Uning madridliklar bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!