Messi, Ronaldu va "Liverpul"dan to‘rt futbolchi: FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi

FIFA 2020 yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchisi unvoniga da’vogarlar nomini e’lon qildi.

Ro‘yxatga qo‘yidagi futbolchilar kiritildi: Tiagu Alkantara, Sadio Mane, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk (barchasi — "Liverpul"), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Kilian Mbappe, Neymar (ikkalasi — "PSJ"), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Lionel Messi ("Barselona"), Serxio Ramos ("Real").

Taqdirlash marosimi 17 dekabr kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Bugun, 25 noyabrdan boshlab FIFA rasmiy saytida onlayn so‘rovnomaga start beriladi va 9 dekabr kuni ovoz berish yakunlanadi.  11 dekabrda esa eng yaxshi uchta finalchining nomi e’lon qilinadi.

2019 yilda ushbu unvonni "Barselona" forvardi Lionel Messi qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!