Messi, yo‘qol! Floridaliklar Leoni haydayapti...

  • 3 may, 11:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” jamoasi Evropada nom qozongan bir necha yulduzlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan bo‘lsa-da, katta yutuqlarni qo‘lga kirita olmayapti.

Tecno

Floridaliklar KONKAKAF Chempionlar ligasi yarim finalida “Vankuver Uaytkeps” jamoasi qarshiligi engolmadi. Ikkita uchrashuvda bittadan durang va mag‘lubiyat (1:1 va 1:3) qayd etgan “Inter Mayami” musobaqani tark etdi.

Klub muxlislari bu mag‘lubiyatni qabul qila olmayapti va sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messini jamoadan ketishini talab qilmoqda.

Quyida fanatlarning jamoa sardori Messi bo‘lgan munosabatlari keltirilmoqda.

JAKE BUCKLEY: “Inter Mayami”ning hozirgi himoyasi professional futbol tarixidagi eng rasvomi ekani aniq.

James: Xaver Maskerano bosh murabbiylikni qanday qo‘lga kiritdi ekan?

ThePessiLad: “Inter Mayami”ning tashkil etilgan kunidan beri qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlis sifatida Messining klubdan ketishini istayman. U jamoa ravnaqini to‘xtatib qo‘ydi.

Bekxem janoblari, marhamat qilib, unga boshqa klub topishini ayting. Bizga sovrinlar kerak, faoliyati tugayotgan o‘yinchilar emas!

Laisser Maeda: Bunaqa “kichkintoy” Messi va “qariya” Suaresni jin ursin!

Kody Cicale: Messining klubdan yo‘q bo‘lgani haqida rasmiy axborotni kutib qolamiz.

KONKAKAF Chempionlar ligasi finalida “Vankuver Uaytkeps” Meksikaning “Krus Asul” jamoasi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Hal qiluvchi o‘yin 1 iyunga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
03/05/2025 14:34
Хамма нарсани охири бор