
Messi Argentinaning eng qimmat futbolchisi nomini qo‘ldan chiqardi
Ko‘p yillar davomida Argentina terma jamoasining eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini hujumchi Lionel Messi boshqarib kelayotgan edi.
Ammo yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ hujumchisi bu nomni qo‘ldan chiqardi. "Inter" futbolchisi Lautaro Martines “albiseleste”ning ayni paytdagi eng qimmatbaho futbolchisiga hisoblanadi.
“Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, Lautaroning hozirgi narxi 75 million evroni tashkil qiladi. Oxirgi haftalarda Messining qiymati esa 50 million evrogacha tushib ketdi.
Argentina terma jamoasi afsonasining yoshi (35 yosh), shuningdek, PSJdagi muvaffaqiyatsiz mavsumini hisobga olsak, bu ajablanarli emas. Frantsiya chempionatining 26 uchrashuvida argentinalik forvard atigi 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar