"Messi "Barselona" bilan yana 2 yillik shartnoma imzolaydi"

  • 27 sentabr, 2020, 03:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya va "Barselona" afsonasi Rivaldo Leo Messining joriy mavsum davomida "Barselona" bilan yana 2 yillik bitimga imzo chekishiga ishonmoqda.

Tecno

"Vidal va Suares klubni tark etganidan so‘ng, OAVda Messi borasidagi xabarlar ko‘payib qolishi hayratlanarli holat emas. Lekin men hamon uning shartnomasi yakunlanguncha ko‘p narsalar o‘zgarib ketishiga ishonaman. 

U tez orada yangi do‘stlar orttira boshlaydi va 2021 yilgi saylovlarni ham nazardan qochirmasligimiz zarur. 

Bartomeu va Messi borasidagi vaziyat qandayligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emasmiz. Keling, yaxshisi voqealar rivoji qanday kechishini kuzatamiz. Taxminimcha, yana 2 mavsumlik shartnoma imzolanadi", - dedi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!