Messi Boliviyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Boliviyaga qarshi JCh-2026 saralash o‘yini oldidan Lionel Messining holati haqida gapirdi.
Ekvador terma jamoasiga qarshi o‘yinda “Inter Mayami” forvardi 89-daqiqada maydonni tark etgan edi.
Mutaxassisning qayd etishicha, hujumchi jamoa bilan Boliviyaga uchib ketmoqchi.
“Bugun u odatdagidan boshqacharoq mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo o‘yinga hali ikki kun bor. Ertaga u o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, bir qarorga kelamiz. Tarkib Ekvadorga qarshi o‘ynagan tarkibga o‘xshash bo‘ladi", - dedi Skaloni matbuot anjumanida.
Boliviya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Fikrlar