Messi bu kunlarni unutolmaydi
Hujumchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Statistika markazlari sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibining milliy jamoadagi statistikasini tuzib chiqdi.
Messi 2005 yildan buyon Argentina asosiy terma jamoasi safida o‘ynab kelgan.
U jami 207 ta uchrashuvda, jumladan o‘rtoqlik o‘yinlarini ham hisobga olganda, maydonga tushgan va 125 ta gol hamda 68 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Argentina terma jamoasi tarkibida Messi:
- 2022 yildgi Jahon chempionati;
- 2021 yildgi Amerika Kubogi;
- 2024 yildgi Amerika Kubogi;
- 2022 yildgi Finalissima
sovrinlarini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, argentinalik futbolchi terma jamoa safida 9 ta sariq va 2 ta qizil kartochka olgan.
Messining terma jamoadagi faoliyatida 2014 va 2026 yildgi Jahon chempionatlari finallari, shuningdek, 2016 yildgi Amerika Kubogi finalidagi mag‘lubiyatlar ham bor.

Fikrlar