Messi faoliyatini yakunlash bo‘yicha qarorini aytdi

  • 13 iyun, 2024, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasining 36 yoshli sardori Lionel Messi professional futbolchilik faoliyatini hozirgi klubi “Inter Mayami”da yakunlashini ma’lum qildi.

- Ha, “Inter Mayami” mening oxirgi klubim bo‘ladi. Men futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman va vaqtim tobora kam qolayotganini sezgan holda undan imkon qadar ko‘proq rohatlanib qolishga harakat qilyapman, - dedi Lionel Messi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi 2023 yilning yozida Evropadagi faoliyatiniya kunlab, AQShga ko‘chib o‘tgan edi.

“Inter Mayami” bilan shartnoma tuzgan futbolchi hozirgacha barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, 25 ta gol va 16 ta assist muallifi bo‘ldi.

Lionel Messi Evropadagi faoliyati davomida faqat ikkita jamoa - "Barselona" va PSJda to‘p tepgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!