Messi Inestadan o‘zib ketdi va Xaviga yaqinlashib oldi

  • 17.04.2019 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha "Barselona" forvardi Lionel Messi "Manchester Yunayted"ga (3:1) qarshi bahsda o‘z nomiga dubl rasmiylashtirib qo‘ydi.

Bu esa 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun Chempionlar ligasidagi 133-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa u “ko‘k-anor ranglilar” safida EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida Andres Inestadan o‘zib ketdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” safida Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan futbolchi bu Xavi hisoblanadi. Ayni damda Qatarda to‘p surayotgan futbolchi hisobida 154ta o‘yin bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!