
Messi "Instagram"da Garnachoni Ronaldu sabab ochiqchasiga "ignor" qilgan!
Sobiq futbolchi, hozirda jurnalistlik bilan shug‘ullanayotgan Rio Ferdinand Alexandro Garnacho va Lionel Messi o‘rtasidagi qiziq voqea haqida gapirdi.
"Garnacho menga Messi uni "Instagram"da kuzatishdan to‘xtaganini aytdi. Bunga sabab, Alexandroning Krishtianu Ronalduga taqlid qilishini hamma qatori Leo ham juda yaxshi biladi" - dedi angliyalik afsonaviy himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik Garnacho APL 13-turi doirasida "Everton" darvozasiga "qaychi" uslubida fantastik gol urdi. O‘sha bahsda uning jamoasi "Manchester Yunayted" yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar