Messi Ispaniya kubogining eng yaxshi 10ta to‘purari qatoridan joy oldi

  • 12 yanvar, 2018, 09:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek kecha “Barselona” Ispaniya kubogi 1/8 final javob bahsida “Selta”ni 5:0 hisobida engdi.

Tecno

E’tiborlisi, shu kuni o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘yishga erishgan kataloniyaliklar etakchisi Ligonel Messi Ispaniya kubogidagi gollari sonini 46taga etkazib oldi va bu ko‘rsatgich borasida eng yaxshi 10ta futbolchi qatoriga kirdi. U yana 4ta gol ursa ushbu jadvalda kuchli to‘rtlikka qirib olishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu ko‘rsatgich borasidagi eng yaxshi natija Telmo Sarruga tegishli. Aynan u 1939-57 yillar mobaynida Ispaniya kubogida raqiblari darvozasiga 81ta to‘p kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!