Messi jahon chempionatida qatnasha olmaydimi?

  • 26.05.2026 17:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli insayder Fabrizio Romano “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messining salomatligi haqida ma'lumot berdi.

Argentinalik futbolchi “Filadelfiya Yunion”ga qarshi o‘yinda noqulaylik his qilgani sababli 73-daqiqada almashtirilgan edi.

- Lionel Messida noqulaylik bor, ammo tekshiruvlar jiddiy jarohat yo‘qligini tasdiqladi. Messi Argentina terma jamoasi uchun tayyor bo‘ladi, - deb yozdi Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq, Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasining “JCH-2026” uchun kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritilgani xabar qilingan edi.

Futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati  AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi bir guruhda Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan o‘ynaydi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!