Messi Jahon chempionatlari tarixida yangi rekord o‘rnatdi
Lionel Messi yana bir tarixiy rekord muallifiga aylandi.
Argentina terma jamoasi sardori Kabo-Verdega qarshi maydonga tushib, Jahon chempionatlaridagi 30-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu natijagacha hech bir futbolchi yeta olmagan.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi Krishtianu Ronaldu (26 o‘yin) va Lotar Matteus (25 o‘yin)dan o‘zib ketdi. Shu tariqa, u mundiallar tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi.

Fikrlar