Messi Jahon chempionatlari tarixidagi yana bir rekordni yangiladi

  • 04.07.2026 06:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan futbolchiga aylandi.

Kabo-Verdega qarshi 1/16 final uchrashuvida assist qayd etgan hujumchi mundiallardagi golli uzatmalari sonini 9 taga yetkazdi va shu tariqa afsonaviy Diego Maradonani ortda qoldirdi.

Statistikaga ko‘ra, Jahon chempionatlarida golli uzatmalar hisobi 1966 yildan buyon yuritib kelinmoqda.

39 yoshli Messi shuningdek, mundiallar tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi va eng yaxshi to‘purarlardan biri sifatida ham o‘z rekordlarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!