Messi "JCh-2026"ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi
«Federatsiya komissiyasi bu qarorni faqat va faqat statistik ko‘rsatkichlarga tayanilgan holda qabul qildi.
Lionel Messi – IFFHS talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi. Bu kimningdir shaxsiy fikri yoki obro‘siga emas, balki raqamlar taqozo qilayotgan, inkor etib bo‘lmaydigan faktlarga asoslangan bahodir», – deyiladi xabarda.
Yaqinda o‘tgan jahon chempionati Messining faoliyatidagi oltinchi mundiali bo‘ldi. U Argentina terma jamoasi bilan finalgacha yetdi va barcha 8 uchrashuvda maydonga tushdi. 39 yoshli hujumchi musobaqa davomida 8 ta gol urib, 4 marta hamkasblariga golli pas berdi. Shu natijalar asosida u to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni esa Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe 10 ta gol bilan qo‘lga kiritdi.

Fikrlar