Messi juda katta rekordga tayyorlanyapti

  • 30.08.2026 16:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Monreal” bilan uchrashuvda poker qayd etganidan so‘ng, futbol tarixida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbalaridan eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu haqida Sudanalytics statistik akkaunti X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

39 yoshli argentinalik yulduz  hisobida hozir 74 ta jarima zarbasidan urilgan gol bor.

Undan yuqorida faqat Marselinyo Karioka — 78 ta gol bilan bormoqda.

Uchinchi o‘rinni Jair Roza Pintu va Roberto Dinamit 74 tadan gol bilan bo‘lishib turibdi. Beshinchi o‘rinda esa Juninyo Pernambukano — 72 ta gol.

Shunday qilib, Messi mazkur ro‘yxatdagi yetakchiga yetib olish uchun atigi 4 ta gol, mutlaq yakka rekordni o‘rnatish uchun esa 5 ta gol qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Monreal” urgan gollaridan ikkitasini aynan jarima zarbalaridan kiritdi va uning klubi esa 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!