
Messi ketadimi yoki yo‘q, "Barselona" murabbiyligiga asosiy nomzod haqida - Davron Fayziev
EChL chorak finalda "Bavariya"dan uchralgan (8:2) mag‘lubiyatdan so‘ng "Barselona" klubi bosh murabbiyi Kike Seten lavozimidan ozod etildi. ayni paytda kataloniyaliklarni boshqarish uchun nomzodlar ro‘yxati ko‘rib chiqilmoqda.
Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev klubdagi vaziyat va nomzodlar ro‘yxati haqida telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bilasiz, Kike Seten uyga qaytishi bilan bo‘shatildi. Bartomeu bu bilan muammoni yopmoqchi bo‘ldi, o‘xshamadi. G‘azabdagi Kulesga yirik qurbonlikning qoni kerak. Ammo rahbar ketish niyati yo‘q va keyingi aybdor sifatida Erik Abidalni ko‘rsatmoqchi.
Bartomeu shuningdek, muxlislarning yana bir necha talabini bajarmoqchi.
Klub darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilarni yo‘qotish va nihoyat nomdor murabbiy olib kelish. 10 dan ortiq futbolchi transferga chiqarilishi kutilmoqda. Ammo bu ishni yangi murabbiy ham hal qilishi kerak. Shu sababli yaqin vaqtning eng asosiy ishi murabbiy tanlash.
"Barselona" qarorgohidan chiqayotgan xabarlarga asoslanib sizga da’vogarlar ro‘yxatini tanishtiraman: Maurisio Pochettino, Ronald Kuman, Teri Anri, Massimiliano Allegri.
Nazarimda, Kuman variantining imkoniyati ko‘proq, chunki avvaldan shortlistlarda bo‘lgan. Keyingi o‘ringa Pochettinoni qo‘ygan bo‘lardim. Buyog‘iga rasmiy ma’lumotlarni kutamiz. Darvoqe, Messi ketmaydi. Bu mening shaxsiy fikrim, - dedi Fayziev.
Fikrlar