Messi "Manchester Siti"ga o‘tadimi? "Barselona"da ichki muammolar borligi rostmi? - Davron Fayzievdan javob

  • 5 iyul, 2020, 22:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 34-turida "Barselona" safarda "Vilyarreal" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi. Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yin oldidan o‘z fikrlarini yozib qoldirdi.

Tecno

- "Barselona" lageridan turli xabarlar chiqishda davom etmoqda. Messida "Manchester Siti" varianti paydo bo‘libdi. Seten o‘rniga Xavi nomzodi ko‘rilayotgan ekan. Bular shunchaki gap-so‘zlar. Bugun "Barselona" Seten va Messi bilan o‘yinga chiqadi. Ichki muammolar unutilib, chempionlik poygasiga qaytish uchun imkoniyat. Fikr va diqqatni bir joyga qaratish shart, chunki raqib jiddiy.

"Vilyarreal" beshinchi o‘rinda. "Sevilya"ning ketidan quvib, ChL pog‘onasini tortib olishga kirishgan. O‘z uyida o‘ynaydi. "Barselona"dagi muammolarni eshitgan. Yarador nuqtaga zarba berishga harakat qiladi. Demak, bugun La Liga doirasida yana bir o‘ziga xos final. Uni birga ko‘ramiz, - deya yozib qoldirdi Fayziev.

Uchrashuv bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!