Messi mavsumdagi debyut golini urdi (video)

  • 17.09.2020 00:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” forvardi Lionel Messi bugun “Jirona”ga qarshi bo‘lib o‘tayotgan bellashuvda gol urdi.

33 yoshli argentinalik futbolchi jarima maydoni oldida to‘pni qabul qilib oldi va o‘ng oyog‘i bilan kuchli zarba berib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. E’tiborlisi, bu uning yangi mavsumdagi ilk goli bo‘ldi.

Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 731 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 634 ta gol hamda 285 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!