Messi: "Maydonda o‘zimni juda yaxshi his qildim"

  • 10.06.2026 23:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Islandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin oʻz holati haqida fikr bildirdi.

Tajriba­li hujumchi uchrashuv davomida oʻzini yaxshi his qilganini va jarohat bilan bogʻliq xavotirlarni engib oʻtishga muvaffaq boʻlganini taʼkidladi.

"Rostini aytsam, maydonda oʻzimni juda yaxshi his qildim. Menga noqulaylikdan keyin paydo boʻladigan qoʻrquvdan xalos boʻlish kerak edi. Shuning uchun ham bu oʻyinda ishtirok etishni juda xohladim.

Endi bu haqida oʻylashni toʻxtatmoqchiman. Jahon chempionati boshlanishiga yana bir hafta bor va baxtimga oʻzimni yaxshi his qilyapman", — dedi Messi jurnalistlarga.

Maʼlumot uchun, Argentina Islandiyani 3:0 hisobida magʻlub etdi. Messi mazkur bahsda bir gol muallifi boʻldi.

Argentinaliklar Jahon chempionatidagi birinchi oʻyinini 17 iyun kuni Jazoir terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!