Messi MLSdagi tarixiy rekordni takrorladi

  • 1 iyun, 08:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS tarixida o‘z ismini yozdirishda davom etmoqda. Yakshanba tongida argentinalik futbolchi jamoasiga "Kolumbus" ustidan yirik – 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishda yordam berdi. U barcha besh golga bevosita hissa qo‘shdi: ikki gol urdi va uchta golli pas berdi.

Tecno

MLS matbuot xizmatining xabar berishicha, Messi liga tarixida ikki xil o‘yinda besh yoki undan ortiq samarali harakat (gollar + assistlar) qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. U buni birinchi marta o‘tgan yilning may oyida amalga oshirgandi (1 gol + 5 assist). Bungacha bunday natijaga faqat Diego Rossi erishgan edi.

Joriy MLS mavsumida Lionel Messining hisobida 10 ta gol va 7 ta golli uzatma mavjud. "Inter Mayami" 16 ta o‘yindan so‘ng 29 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!