Messi o‘yinda yugurishi kerak, deb kim aytdi?

  • 20.12.2021 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ sport direktori Leonardo jamoa yulduzi Lionel Messi maydonda yugurmayotgani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.

- Agar raqamlarga e’tibor qaratsangiz, Messi dastlabki olti oyda qayd etgan ko‘rsatkichlar aqlbovar qilmasligini ko‘rasiz. Messi va Mbappe jamoaning deyarli har bir golida ishtirok etgan. Bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz Messini har bir o‘yinda ko‘z-ko‘z qilish uchun olmaganmiz. U kelganidan keyin raqobatbardoshligimiz oshdi.

Kim sizga Messi har bir o‘yinda 12 kilometrlab yugurishi kerak dedi? Leo 20 yildan beri bir xil o‘ynayapti. U o‘yindagi vaziyatga moslashadi, chunki aqlli o‘yinchi, qolganlar esa Messiga moslashishi lozim.

Leoni maydonda piyoda yuribdi, deganlarning bari nuqson qidiradigan odamlardir. Ular har uchrashuvda 15 kilometr masofa bosib o‘tadigan Idriss Guyeni ham yugurmaslikda ayblaydi, - dedi Leonardo.

Lionel Messi PSJga o‘tganidan keyin Frantsiya chempionatida bitta, Chempionlar ligasida esa beshta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!