Messi o‘zi yoqtirmagan jamoadoshi o‘rniga “Barsa” futbolchisini olib kelishni talab qilmoqda

  • 22 oktabr, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ tarkibiga qo‘shilgan Lionel Messi argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bilan munosabatini tuzata olgani yo‘q. Ikardi bir necha yil muqaddam Messining yaqin do‘sti Maksi Lopesning rafiqasini yo‘ldan urib, unga uylanib qolgan.

Tecno

Vanda Lara Ikardining turmush o‘rtog‘i bo‘lish bilan birga uning agenti ham hisoblanadi. Messining bosimi ostida Argentina terma jamoasi murabbiylari Ikardini jamoadan uzoq tutib keladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Parij klubida am ikki argentinalik hujumchining munosabati yaxshi emas. Shu bois, Lionel Messi PSJ xo‘jayinlaridan Mauro Ikardini “Basrelona”ga jo‘natib, Kataloniyadan yaqin do‘sti Serio Aguroni olib kelishni so‘ramoqda.

Maurisio Pochettinoga hamyurtining talabi yoqmayapti va u ikki hujumchini yarashib olishini kutmoqda. O‘z navbatida, Serxio Aguero ham Lionel Messi bilan birga o‘ynash istagi tufayli yozda “Barselona”ning taklifini qabul qilganini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Frenki De Yong
22/10/2021 22:47
Шундей обрўли сайтга ярашмайди хабарларни хато ёзиш. Бунда сайтни обрўсига путир етади.