
Messi PSJ oldiga uchta masala qo‘ydi
PSJ rahbariyati argentinalik jahon chempioni Lionel Messi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Lionel Messi loyiha darajasini aniqlab olish uchun klub mutasaddilaridan bir necha masalaga javob so‘rayapti.
Manbalarning ta’kidlashicha, 35 yoshli yulduz kelasi mavsumda jamoa bosh murabbiyi Kristof Galtening qolishi yoki ketishi, yozda tarkibni kuchaytirish maqsadida qaysi o‘yinchilar olinishi va shartnoma imzosa, moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilmasligi qanday ta’minlanishi haqida so‘ramoqda.
Lionel Messining shartnoma bo‘yicha ishlarini otasi Xorxe olib bormoqda.Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar bir necha marotaba to‘xtatilgani haqida ham xabarlar tarqatilgan.
Fikrlar