Messi PSJ rahbariyatiga Neymar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
Argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messi PSJdagi jamoadoshi Neymarning ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
La Nacione xabariga ko‘ra, 34 yoshli hujumchi braziliyalik do‘stining ketishiga qat’iyan qarshi. Messi Neymar bilan Parij jamoasida o‘ynashni davom ettirmoqchi. Lionel allaqachon bu borada klub boshliqlariga o‘z pozitsiyasini bildirgan.
Avvalroq, braziliyalik futbolchi faoliyatini boshqa Evropa chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Neymarga Turinning «Yuventus» va Londonning «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda.
Braziliyalik futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Messi va Neymar o‘z vaqtida "Barselona"da ham birga faoliyat yuritgan.

Fikrlar